20:00 / 07.08.2021
2 369

Braziliya — Ispaniya to‘qnashuvida Olimpiya chempioni aniqlandi


Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadada futbol musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Braziliya va Ispaniya olimpiya terma jamoalari bahs olib borishdi.

Keskin kurash ostida o‘tgan uchrashuvning birinchi taymiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Braziliya futbolchisi hisobni ochdi.
Ikkinchi taymda ispanlar javob qaytardi. Asosiy vaqtda boshqa gol kiritilmadi.

Qo‘shimcha taymlarning ikkinchisida Malkom Braziliyaga chempionlik keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Braziliya U-23 – Ispaniya U-23 2:1
Gollar:
1:0 – 45 Mateus Kunya, 1:1 – 61 Oyarsabal, 2:1 – 108 Malkom.
Braziliya U-23 – Santos, Arana, Nino, Diyego Karlos, Dani Alves, Bruno Gimaraes, Duglas Luis, Antoni (Gabriel Menino, 112), Mateus Kunya (Malkom, 90), Risharlison, Klaudino (Reyner, 105).
Ispaniya U-23 – Unai Simon, Pau Torres, Erik Garsiya, Xil (Valexo, 90), Pedri, Merino (Soler, 46), Oyarsabal (Rafa Mir, 104), Olmo, Asensio (Xil, 46), Subimendi (Monkayola, 112), Kukurelya (Miranda, 90).
Ogohlantirish: Arana (20), Erik Garsiya (27), Risharlison (31), Mateus Kunya (65), Duglas Luis (89), Xil (105).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya — Ispaniya to‘qnashuvida Olimpiya chempioni aniqlandi