Aslida avvalroq Joan Laporta Xaver Tebas bilan 2,7 milliard yevro evaziga kelishuv tuzishni, "Barselona" esa undan 270 million yevro olishi borasida kelishmoqchi bo‘lgan.
Biroq, ABC"ning xabariga ko‘ra, aynan Florentino Peres kataloniyaliklar bosh direktori Ferran Reverter bilan aloqaga chiqqan va unga hamda Laportaga bu kelishuvga rozi bo‘lmaslikni maslahat bergan.
Natijada Reverter Laportani Tebas rejasini rad etishga ko‘ndirgan va buning oqibatida "Barsa" Leo Messi bilan shartnomani uzaytira olmasligini ham ular yaxshi tushungan.
Eslatib o‘tamiz, agarda "Barselona" CVC va La Liga kelishuviga "ha" deganida, klub Yevropa Superligasini tark etishiga to‘g‘ri kelardi. Mish-mishlarga qaraganda ko‘plab top-klublar loyihadan chiqqanini e’lon qilgan bo‘lsada, qonunan jamoalar hamon Superliga a’zosi va klublarga kattagina jarima xavf solmoqda.
Agarda CVC bilan kelishuv amalga oshganida, ma’lum miqdorda pulga ega bo‘lgan "Barselona" yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘lardi, jumladan Messini ham. Biroq bu loyiha uzoq kelajakda klubning moliyaviy axvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...