
Foto: Videolavhadan skrinshot
«Prezident sovg’asi» yozuvi hamda Tokio-2020 Olimpiadasi logotipi tushirilgan Tahoe rusumli mashinalar videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu qimmat avtomobillar Olimpiada g‘oliblari uchun atalgan sovg‘a ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Tokio-2020» Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti bugun, 9 avgust kuni soat 20:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi kutilmoqda. Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda harakatlanadi.
O‘zbekiston ushbu olimpiya o‘yinlarida jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan uchtasi oltin, ikkitasi bronza medallar sanaladi.
Prezident Sovg’asiTokio-2020Olimpiada LogotipiTahoe MashinalarO‘zbekiston DelegatsiyasiToshkent Xalqaro Aeroporti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar