date
views 3 003

Messi PSJda qaysi raqamni tanladi?


Argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJda katta ehtimol bilan 30-raqam ostida o‘ynaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Aytish lozimki, Messi "Barselona"da aynan 30-raqamda debyut qilgan. Fransiya chempionatida esa 30-raqamda asosan darvozabonlar o‘ynaydi, biroq Messi uchun bu borada “istisno” bo‘lishi mumkin.

Bundan avvalroq Neymar o‘zining 10-raqamini Messiga berishga tayyor ekani, ammo Leo bu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

34 yoshli Messi “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etdi. U PSJ bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi PSJda qaysi raqamni tanladi?