
Argentina terma jamoasi va "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messi La Liganing kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Ligada jamoalar muhim rol o‘ynaydi. "Barselona" va "Real" hamon o‘sha yerda. Shuningdek, "Sevilya", "Valensiya" va "Atletiko" La Ligada o‘ynaydi. Bular top-klublar.
Qandaydir o‘yinchi ketgan taqdirda, jamoalar joyida qolaveradi.
La Liga – hali ham katta va muhim musobaqa. Futbolchilar ilgari ham ketishgan, ammo klublar o‘z buyukligini saqlab qolishgan. Ular yo‘q bo‘lib ketmagan hamda yaxshi natijalarga erishgan.
"Real" va "Barselona"ga qiyin bo‘ladi, biroq bir necha yildan keyin ular qaytadi. O‘shanda ularda Ispaniya futbolining yangi yulduzlari paydo bo‘ladi", – dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Messi PSJ bilan ikki yillik shartnoma tuzdi.
Messi La LigaArgentina TermaPari Sen-JermenFutbolchilar MusobaqaReal BarselonaTop Klublar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar