Shomurodov "Roma"dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida gol urdi (video)

Shomurodov "Roma"dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida gol urdi (video)
"Roma" klubi safiga borib qo‘shilgan legionerimiz Eldor Shomurodov navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. Marokashning "Raja" jamoasiga qarshi kechgan bahsda rimliklar 5:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, himoyachilardan qochib ketgan Shomurodov hisobni ochdi. "Bo‘rilar"ning qolgan gollarini Manchini, Mxitaryan, Kerles Peres hamda Borxa Mayoral kiritdi. Shuningdek, Eldor Mxitaryanning goliga assistentlik vazifasini bajardi va 59-daqiqada zaxiraga olindi.

Endi Joze Mourino shogirdlari 22 avgust kuni "Fiorentina"ga qarshi o‘yin bilan A Seriya yangi mavsumini boshlaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar