
PSJ hujumchisi Lionel Messi yangi jamoasi bilan Chempionlar Ligasida chempion bo‘la olmaydi. "Kristal Pelas"ning sobiq egasi Saymon Jordan shunday fikr bildirmoqda.
"Bu oqilona, qonuniy transfermi? Ha, ehtimol. Biz haligacha Leoni 26 yoshli futbol yulduzi deb o‘ylayapmiz. U PSJ bilan YECHLni yuta oladimi? Garov o‘ynayman, yo‘q", - dedi Jordan.
Eslatib o‘tamiz, Messi Parij klubiga "Barselona"dan erkin agent maqomida kelib qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzoladi. Leo parijliklar safida yiliga 35 million yevro maosh oladi.
Messi PSJChempionlar LigasiSaymon JordanFutbol YulduziBarselona TransferiParij Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing