
Joze Mourino “Roma” rahbariyati bilan bir transfer bo‘yicha kelisha olmay qoldi. Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgan himoyachi Allesandro Florensini portugaliyalik murabbiy o‘z jamoasida olib qolmoqchi.
Klub xo‘jayinlari esa, iste’dodli futbolchini transferga qo‘yib yuborgan. Ularning bu harakatidan Mourino norozi bo‘lmoqda.
Florensiga “Fiorentina”, “Sevilya” va “Lion” xaridor bo‘lgan edi. Biroq, himoyachi kuchliroq klubda to‘p tepish maqsadida ularning taklifini rad etdi. Ayni paytda “Milan” Allesandroni ijaraga olmoqchi va futbolchining o‘ziga ham shu variant ma’qul kelmoqda.
Bu himoyachi o‘tgan mavsumni ham ijarada o‘tkazgan edi. U PSJ tarkibida 36 ta uchrashuvda qatnashib, bir juft gol va bitta golli pas muallifi bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar