11:51 / 16.08.2021
1 934

Kuman "Real Sosedad"ga qarshi 4:2 haqida: "Chempionatni g‘alaba bilan boshlash muhim - biz buni Messisiz eplay oldik"

Kuman "Real Sosedad"ga qarshi 4:2 haqida: "Chempionatni g‘alaba bilan boshlash muhim - biz buni Messisiz eplay oldik"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 1-tur doirasidagi "Real Sosedad" (4:2)ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Chempionatni doim g‘alaba bilan boshlash muhim. Ijobiy ko‘rinish yaratish bizga juda muhim edi. Bu Leo Messisiz ilk o‘yin edi va biz usiz g‘alaba qozona oldik.

Dastlabki yarim soat fantastik darajada bo‘ldi. O‘yinchilar maydonda to‘p bilan va to‘psiz yaxshi harakat qilishdi. O‘yin davomida o‘tkazib yuborilgan gollardan so‘ng tez o‘zimizga kela oldik. Raqibni o‘yini uchun faqatgina qarsak chalish kerak
", - deydi Kuman.

"Sosedad"ga qarshi o‘yin Kataloniya klubi uchun Lionel Messining PSJga o‘tganidan so‘ng ilk bahs bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman "Real Sosedad"ga qarshi 4:2 haqida: "Chempionatni g‘alaba bilan boshlash muhim - biz buni Messisiz eplay oldik"