15:45 / 17.08.2021
1 938

Anchelotti "Real"dan Krishtianu Ronalduni qaytarishni so‘radi

Anchelotti "Real"dan Krishtianu Ronalduni qaytarishni so‘radi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan hujumchi Krishtianu Ronalduni ortga qaytarishni so‘radi.
Italiyalik mutaxassisning bu xohishini portugaliyalik futbolchining jamoa uchun qadrini biladigan futbolchilar qo‘llab-quvvatladi.

Ammo, klub hozirda ko‘proq PSJ hujumchisi Kilian Mbappening xaridiga e’tiborini qaratgan, "Real" prezidenti Florentino Peres esa allaqachon 36 yoshli Ronalduni qaytarish g‘oyasini rad etgan. Ammo, bu ro‘y berishi mumkin, sababi PSJ fransiyalik hujumchini sotishni xohlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti va Ronaldu "Real"da birga ishlashgan va 2013/14 yilgi mavsumda birgalikda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishgan.

Ronalduning "Yuventus" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Futbolchi yiliga 31 million yevro maosh oladi.
Futbolchi o‘tgan mavsum "Yuve" safida barcha musobaqalarda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 36ta gol va 4ta assist qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti "Real"dan Krishtianu Ronalduni qaytarishni so‘radi