Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan taniqli murabbiy Srechko Katanes MOQga tashrif buyurdi. Sloveniyalik mutaxassisni Qo‘mita rahbariyati qarshi oldi.
Kecha tunda Toshkentga yetib kelgan sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes futbol bo‘yicha Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda. Bugun u yurtimizning sport infratuzilmasi bilan tanishar ekan, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga ham tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va assotsiatsiya mutasaddilari kutib olishdi.
Tashrif davomida Srechko Katanetsga o‘zbek sportining boy tarixi, yaqinda yakuniga yetgan Tokio-2020 va boshqa Olimpiya o‘yinlarida atletlarimiz qayd etgan natijalar, istiqbolli rejalar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, mutaxassis MOQ qoshida tuzilgan va sportchilarimiz uchun xizmat qilayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi haqida ham axborot oldi.
MOQ rahbariyati Katanetsning terma jamoamizda ko‘rishdan mamnun ekani, yaqin vaqt davomida ko‘plab rejalarni hamkorlikda amalga oshirishdan umidvor ekanini bildirib, uning faoliyatiga omad tilab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”