14:15 / 20.08.2021
3 170

Bu futbolchi “Roma”da hech kim botina olmagan ishni amalga oshirdi!

Bu futbolchi “Roma”da hech kim botina olmagan ishni amalga oshirdi!
Futbolda bir shaharning ikki jamoasi ko‘pincha bir-biriga ashaddiy raqib hisoblanadi. Xususan, Italiyada Rim sharafini himoya qilayotgan “Roma” va “Latsio” ham ana shunday jamoalar sirasiga kiradi.

Ashaddiy raqiblarning bir-biridan futbolchi olishi ham juda kam uchraydigan noyob holat.

Yaqinda “Roma” vakili Pedro Rodriges “Latsio” tarkibiga qo‘shildi. Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan hujumkor futbolchining ketishiga Joze Mourino sababchi. Portugaliyalik mutaxassis Pedroga yangi mavsumda unga ishonch bildirmasligini aytdi.

Ko‘p futbolchilar Rimning bir klubidan ikkinchisiga o‘tishga botina olmaydi. Poytaxt muxlislari buni xiyonat, deb baholaydi. So‘nggi bor “Roma”dan “Latsio”ga transfer bundan o‘ttiz olti yil muqaddam amalga oshirilgan. 1985 yilda “Roma” uchun atigi bitta uchrashuvda ishtirok etgan darvozabon Astutilo Maldjolo raqib safiga o‘tgandi.

Albatta, A Seriya tarixida har ikki jamoa sharafini himoya qilgan Aleksandar Kolarov, Sinisha Mixaylovich va Anjelo Perutssi kabi mashhur futbolchilar bor. Biroq, ularning bari Rim jamoalariga o‘tishdan oldin, o‘rtada boshqa jamoaga borib kelgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport