Yaqinda O‘zbekistonga Srechko Katanes uchib keldi. Ammo bizda hamon terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimi ochiq turibdi. Eng qizig‘i, yevropalik mutaxassis juda ko‘p ishlar haqida topshiriqlar berayotganligi haqida eshityapmiz.
Keliboq ishga kirishib ketgan Katanes Superliganing o‘yinlarini tinmay kuzatyapti. Tabiiyki, unda mahalliy futbol va struktura, yillar davomida qilingan ishlar haqida savollar bo‘ladi. Ammo u bilan bugun birga bo‘lishi kerak bo‘lgan lavozim egasi bizda mavjud emas.
30 yildan beri O‘FAda texnik direktor masalasi ham ochiq turibdi. Go‘yoki bu lavozimda doim kimdir o‘tirgan, ammo 30 yillik natijaga nazar tashlasak, katta miqyosda hech nimaga erishmaganimizni ko‘ramiz va bunga asosiy aybdor aynan shu bo‘limga O‘FAning befarq munosabatda bo‘lganligi. Demak, o‘zimizda yo‘qmi, texnik direktor lavozimiga ham chetdan mutaxassis albatta kerak. Futbol pul tejaydigan sport turi emas. Agar pul tejamoqchi bo‘lsak, unda hech bir mutaxassisdan JCHni talab qilmaylik.
Ammo O‘FA hozircha yuqoridagi eng kerakli ikkita bo‘g‘in bo‘yicha juda sust harakat qilayotganligini ko‘rayapmiz. JCH-2026 saralash o‘yinlariga 2 yil vaqt bo‘lsada, 2022 yil uchun puxta reja tuzish haqida bugundan harakatga tushishimiz kerakligini barcha yaxshi tushunib turgan bo‘lsa kerak.
O‘FA terma jamoalar bo‘limiga kimni tavsiya qilish mumkin, O‘FAning o‘zida bunday mutaxassis bormi? Mana shu eng og‘riqli savol aslida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi