Mourino “Roma”ni yanada kuchaytiradigan futbolchi topdi

Mourino “Roma”ni yanada kuchaytiradigan futbolchi topdi
Roma” mutasaddilari jarohat olib safdan chiqqan Kris Smolling o‘rniga himoyada ishonchli o‘ynay oladigan futbolchi qidira boshladi.

Hozircha, bosh murabbiy Joze Mourinoga turkiyalik himoyachi Ozan Kabak nomzodi ma’qul kelib turibdi.

Transfer huquqi “Shalke”ga tegishli bo‘lgan Kabak o‘tgan mavsumda ijara asosida “Liverpul” sharafini himoya qilgan edi. Futbolchining o‘zi Bundesligadan ketmoqchi va yana bosh jamoa uchun o‘ynashga rozi.

Ozan Kabak o‘tgan mavsumda liverpulliklar tarkibida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, uchta sariq kartochka oldi. Unga “Kristal Pelas”dan ham taklif bo‘lyapti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar