01:44 / 23.08.2021
2 802

"Roma" mavsumni g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan bitta, Abraxamdan ikkita assist!

"Roma" mavsumni g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan bitta, Abraxamdan ikkita assist!
Italiya A Seriyasi ilk turi doirasidagi "Roma" va "Fiorentina" klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Keskin ruhda kechgan bahsda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi.

Rimliklar safiga yaqindagina kelib qo‘shilgan Temmi Abraxamning ikki assistidan so‘ng Mxitaryan hamda Veretu ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 60-daqiqada Milenkovich mehmonlarning yagona golini kiritdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Shomurodov bergan pasni Veretu darvozaga aniq yo‘llab, dublni rasmiylashtirdi.

Shunday qilib, "bo‘rilar" Mourino boshqaruvidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi. Eldor joriy mavsum rasmiy o‘yinlardagi ilk assistini nishonladi.

Roma – Fiorentina 3:1
Gollar:
1:0 – 26 Mxitaryan, 1:1 – 60 Milenkovich, 2:1 – 64 Veretu, 3:1 – 79 Veretu.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (El-Shaaravi, 84), Veretu (Bove, 88), Kristante, Pellegrini (Peres, 84), Zanolo, Abraxam (Shomurodov, 69).
Fiorentina – Drongovski, Venuti (Saponara, 86), Igor Julio, Milenkovich, Biragi, Bonaventura (Benassi, 75), Pulgar, Male (Kastrovilli, 46), Kalexon (Terrachchano, 20), Vlaxovich, Gonsales (Sottil, 86).
Ogohlantirishlar: Pellegrini (12), Zanolo (44), Bonaventura (45), Pulgar (53).
Chetlatishlar: Drongovski (17), Zanolo (52).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" mavsumni g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan bitta, Abraxamdan ikkita assist!