Mourino qaytishini g‘alaba bilan boshladi. Shomurodovdan "ikkitaga yuradigan" assist (video)

Mourino qaytishini g‘alaba bilan boshladi. Shomurodovdan "ikkitaga yuradigan" assist (video)
Italiya A Seriyasi ilk turi doirasidagi "Roma" va "Fiorentina" klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Keskin ruhda kechgan bahsda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi.

Rimliklar safiga yaqindagina kelib qo‘shilgan Temmi Abraxamning ikki assistidan so‘ng Mxitaryan hamda Veretu ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 60-daqiqada Milenkovich mehmonlarning yagona golini kiritdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Shomurodov bergan pasni Veretu darvozaga aniq yo‘llab, dublni rasmiylashtirdi.

Quyida uchrashuvdagi eng havfli vazitlarni tomosha qilishingiz mumkin:
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar