
Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma” A Seriyaning birinchi turida o‘z maydonida “Fiorentina” 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchinchi golga Eldor Shomurodov assistentlik qildi.
Rim klubiga ustozlik qilayotgan portugaliyalik mutaxassis A Seriya murabbiylar o‘rtasida rekord natija o‘rnatdi. Mourino g‘alabaga uch ochko berila boshlagan 1994-1995 yilgi mavsumdan boshlab, shu paytgacha A Seriyada 50 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiy bo‘ldi.
Mourino bu g‘alabalarining deyarli barchasini “Inter”da qo‘lda kiritgan. Tarixiy natija uchun unga jami 77 ta uchrashuv kifoya qildi.
Portugaliyalik murabbiy Angliya premer-ligasi va Ispaniya La Ligasida ham 50 ta g‘alabaga eng kam uchrashuvda erishgan. Bu marrani Angliyada dastlabki 63 ta, Ispaniyada esa 62 ta uchrashuvda zat etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar