"Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretu A Seriya ilk turidan o‘rin olgan "Fiorentina"ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Birinchi turda g‘alaba qozonish muhim va biz buni uddaladik. Biroq yanada ko‘proq ishlashimiz lozim. Murabbiyimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimizni istaydi. Bugun kuchli jamoaga qarshi maydonga tushdik. "Fiorentina" yaxshi uslubga ega klub hisoblanadi.
Shunga qaramay, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi evaziga g‘alaba qozondik. Tanaffus vaqtida Mourino bizga o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerakligini ta’kidladi. Birinchi bo‘limda bir necha muammolarimiz bor edi.
Barchasi bir maromda ketmoqda. Biz katta yo‘lning boshida turibmiz. Birga ishlash orqali ulkan g‘alabalarga erisha olamiz. Mourino bilan aloqalarimiz a’lo darajada. U doim jamoamiz bilan birga", - dedi fransiyalik futbolchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi