"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" safiga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Men Krishtianu haqida taxmin qilmoqchi emasman. Keling, nima bo‘lishini kuzatamiz. Har qanday murabbiy doim ko‘prog‘ini xohlaydi, biroq men hozirgi tarkibimizdan mamnunman.
Ronaldu — bu jamoaning afsonasi. Men u bilan birga o‘ynaganman. U Messi bilan birga barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. U "Yuventus"dan ketadi, deb o‘ylamagandim. Takliflar bor edi. U bilan doim yaxshi muloqotda edik. Biz u haqida o‘ylayotganimizni biladi. Agar u Turinni tark etishni istasa, bizni qayerdan topishni biladi", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Krishtianu "keksa senoralar" safida o‘tgan masum 44ta o‘yinda maydonga tushib, 36ta gol urdi hamda 4ta golga assistentlik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”