Eldor Shomurodovning «Roma»ga o‘tishi 7 oy oldin bedarak yo‘qolgan polshalik qizning qayta topilishiga sababchi bo‘ldi.
Bu hech qanday tasodif emas, balki Rim klubining muhim dasturidir. Shomurodovning ilk rasmiy o‘yindagi birinchi goli nafaqat jamoaga, balki undan tashqaridagi odamlarga ham foyda berdi.
Gap shundaki, «Roma» 2019 yildan beri transfer videoroliklari orqali dunyo bo‘yicha yo‘qolgan bolalarning suratlarini ham e’lon qilib boradi. Video ostida esa ko‘ngilli tashkilotlarning aloqa raqamlari beriladi, kimdir ko‘rib yo tanib qolsa, shu orqali tezroq topish uchun.
Albatta, bu dasturning foydasi ko‘p tekkan. Shu paytgacha «Roma» yordamida Buyuk Britaniya, Italiya, Gretsiya, Belgiya, Keniya va mana endi Polshadan bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 12 ta bola topildi.
«Roma»ning «Trabzonspor»ga qarshi birinchi o‘yini paytida Shomurodovning transferi haqidagi videorolik va yo‘qolgan bolalar suratlari stadionda e’lon qilingan. Shu orqali polshalik qizcha 2 kun oldin, 26 avgust kuni topilgan va u sog‘-salomat ekani aytilmoqda.
«Bir oiladan yo‘qolgan bolani topishda qandaydir yo‘l bilan hissam qo‘shilganidan xursandman, bu holatni tushuntirish qiyin. Futbol olamida mana shunday yo‘l bilan mashhurlikka erishayotgan klub safida ekanimdan faxrlanaman», degan Eldor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi