3 676
Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final janglari yakunlandi
Ayni daqiqalarda Dubayda davom etayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari davom etmoqda.
Hozirga kelib, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi hal qiluvchi janglar o‘z yakuniga yetdi. Final bosqichiga yetib kelgan 6 nafar o‘g‘lonlarimizning uchtasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni maqomini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uch nafari esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, 51 kg vazndagi vaiklimiz Ahmadjon Qo‘ziboyev hindistonlik Bishvametra Chongtxandan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, -67 kgda Samandar Solijonov qozog‘istonlik Abzal Serikka imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, -86 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Diyorbek O‘ralov ham Qozog‘iston vakili Temirlan Mukatayevga mag‘lub bo‘ldi va kumush medallar bilan cheklandilar.
-71 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan A’loxon Abdullayev qit’a chempionligi uchun Hindiston vakili Jaydeb Ravat bilan jang qildi va muddatidan avval nokaut bilan g‘alaba qozonish barobarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
-92 kgdagi vakilimiz Nusratbek Toxirov murosasiz kechgan jangda qozog‘istonlik Madi Amirovni mag‘lub etib, oltin medlga ega chidi. Va nihoyat eng og‘ir +92 kg vaznda Jahongir Zokirov ham Qozog‘iston vakili Daniyal Saparbayevni yaqqol ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltinni qo‘shib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”