
28 avgust o‘smirlarimiz ushbu musobaqada 9 ta oltin medal qo‘lga kiritib, chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashgandi. Ushbu muvaffaqiyatli yurishni kecha ularning aka-opalari, ya’ni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari davom ettirishdi.
29 avgust final bellashuvlari yakuniga ko‘ra, yoshlarimiz 8 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, bokschilarimiz 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ham sazovor bo‘ldilar.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-71 kg: A’loxon Abdullayev
-92 kg: Nusratbek Toxirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-51 kg: Ahmadjon Qo‘ziboyev
-67 kg: Samandar Solijonov
-86 kg: Diyorbek O‘ralov
Bronza:
-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.
Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-70 kg: Aziza Zokirova
Bronza:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Ruxshona O‘ktamova
-63 kg: Mohira Ahmedova
-81 kg: Sabohat Husanova
+81 kg: Hadichabonu Ergasheva.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1 sentabr kuni soat 16:40da yurtimizga qaytib kelishadi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston YoshlariOsiyo ChempionatiOltin MedalBokschilarimizTerma JamoaYurtimizga Qaytish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar