20:44 / 31.08.2021
3 222

Bokschilarimiz MDH o‘yinlarida ishtirok etish uchun Qozonga yo‘l olishdi

Bokschilarimiz MDH o‘yinlarida ishtirok etish uchun Qozonga yo‘l olishdi
5-11 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Unda MDHga a’zo Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 1 500 nafar ishtirokchi 16 sport turida medallar uchun bahslarga kirishadi. Sportchilarning yoshi 14 dan 23 gacha bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Birinchi MDH o‘yinlarida bokschilarimiz ham yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Bokschilarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:

O‘g‘il bolalar:
-46 kg: Ilxomjon Ergashev
-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-52 kg: Meroj Istamtoshev
-54 kg: Farrux To‘laganov
-57 kg: Kahramonjon Fozilov
-60 kg: Umidillo Abdurasulov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
-66 kg: Jafarbek Shaxbozov
-70 kg: Azizbek Bo‘riboyev
-75 kg: Timurbek Abduvoxobov
-80 kg: Abdulaziz Abduraxmonov
+80 kg: Ravshanjon Soliyev
Murabbiylar: Bekzod Xidirov, Pulatjon Shaxbazov, Tulashboy Doniyorov, Ravshan Xodjayev

Qizlar:
-46 kg: Gulsevar Ganiyeva
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-50 kg: Shaxina Ne’matova
-52 kg: Uzukjamol Yunusova
-54 kg: Guldana Tileubergenova
-57 kg: Ra’no Muratbayeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-66 kg: Sanobar Bozorboyeva
-70 kg: Oysha Toirova
-80 kg: Oltinoy Sotimbayeva
Murabbiylar: Temur Axbayev, Azim Xudoykulov, Maksedbay Jumabev,
Shifokor: Komiljon Rasulov

Ma’ruf Urdushev musobaqa davomida hakam sifatida faoliyat olib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz MDH o‘yinlarida ishtirok etish uchun Qozonga yo‘l olishdi