Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytishini izohladi.
"Meni biladigan barcha "Manchester Yunayted"ga bo‘lgan cheksiz sevgimni bilishadi. Men bu klubda ajoyib yillarni o‘tkazdim va biz birgalikda bosib o‘tgan yo‘l bu buyuk klub tarixida oltin harflar bilan yozildi.
Butun dunyo bo‘ylab "Old Trafford"ga qaytishim haqida gapirayotganlarida o‘zimni qanday his qilganimni tasvirlab berolmayman. Orzuim ushaldi, har gal "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonda harakat qilgan paytlarim, doim raqib sifatida ham muxlislarning sevgisini his qilardim. Bu haqda faqatgina orzu qilish mumkin.
Mening ilk chempionligim, ilk kubogim, ilk termaga chaqirilishim, ilk Chempionlar Ligasi, ilk "Oltin butsa" va ilk "Oltin to‘p"im. Barchasi men va "qizil iblislar" o‘rtasidagi aloqalar natijasida shu yerda tug‘ildi. Tarix yozilgan va yana yoziladi, bunga so‘z beraman.
Men shu yerdaman. Men qaytishim kerak bo‘lgan joyga qaytdim. Keling, takrorlash uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilaylik.
P.S. Ser Aleks, bu siz uchun", - deb yozdi Ronaldu. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”