O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan.
Shuningdek, MDH mamlakatlari o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan. Bu taklif 2018 yil 28 sentabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlangan.
Shunga muvofiq, joriy yil 4-11 sentabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Unda MDHga a’zo 10 ta (Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) davlatdan jami 2 000 nafar ishtirokchi (shundan 1 500 nafari sportchi) ishtirok etishi kutilmoqda. Sportchilarning yoshi 14dan 23gacha bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Birinchi MDH davlatlari o‘yinlari dasturidan sportning 16 ta turi, ya’ni boks, stol tennisi, erkin va yunon rum kurashi, belbog‘li kurash, sambo, dzyudo, muay-tay, karate, basketbol, o‘q otish, badminton, futbol, raqs sporti va badiiy gimnastika o‘rin olgan bo‘lib, ishtirokchilar 182 ta medallar jamlanmasi uchun kurashadi. Bahslarni 400 nafar hakam boshqarib borsa, o‘yinlarning xavfsiz o‘tishini ta’minlash uchun 10 000 nafar volonterlar jalb etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu o‘yinlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘rnatilgan do‘stona aloqalarni mustahkamlash va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishdan iborat.
Ma’lumot uchun: birinchi MDH davlatlari o‘yinlari uchun O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibi 240 nafarni tashkil qilib, vakillarimiz 15 ta sport turidan bahslarda ishtirok etadi. Vakillarimizdan 55 nafarini yakkakurash turlari vakillari tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”