
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida MDH o‘yinlari davom etmoqda. Kecha musobaqaning navbatdagi bellashuvlari ortda qoldi.
Shu kungi dasturda terma jamoamiz yana 5 ta bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga yozib qo‘ydi. Ulardan 4 tasi boks sportiga to‘g‘ri kelsa, yana bir medal erkin kurashchimiz hisobiga yozildi. Medallar o‘ynalgan ikkinchi kunda sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz:
Boks:
-60 kg: Umidillo Rasulov
-66 kg: Jafarbek Shaxbazov
-52 kg: Uzukjamol Yunusova
-54 kg: Guldana Tileubergenova
Erkin kurash:
-125 kg: Namoz Abdurashidov
Shu tariqa, mazkur musobaqada delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 ta kumush va 8 ta bronzani tashkil etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar