20:23 / 05.09.2021
2 123

MDH o‘yinlarida bokschi qizlarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

MDH o‘yinlarida bokschi qizlarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Qozon shahri MDH o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. Tabiiyki, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etayapti. Bugun, boks bo‘yicha final janglari o‘tkazilmoqda va unda bir nechta hamyurtlarimiz ham ushbu musobaqa chempionligi uchun ringga ko‘tarildi.

Jumladan, 46 kg vaznli Gulsevar G‘aniyeva finalda rossiyalik Liya Patlayni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, -63 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sitora Baxodirova Rossiya vakilasi Kristina Galnikiknani, -70 kg vaznli Oysha Toirova finalda qozog‘istonlik Seydish Bakitni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritish barobarida turnir chempioniga aylandi.

-48 kg vaznli Robiyaxon Baxtiyorova qozog‘istonlik Anita Adishevaga, -50 kg vazndagi vakilamiz Shaxina Ne’matova rossiyalik Renata Mingaliyevaga, -57 kgdagi yurtdoshimiz Ra’no Muratbayeva ham rossiyalik Karina Korobovaga -60 kgda Muxlisa Toxirova Qozog‘iston vakilasi Uljan Sarsenbekka, -66 kg vaznli Sanobar Bozorboyeva ham mezbonlar vakilasi Darya Panovaga, -80 kg vaznli Oltinoy Sotimboyeva rossiyalik Sofiya Oxotnikovaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklandi.

Shuningdek, -52 kg: Uzukjamol Yunusova, -54 kg: Guldana Tileubergenova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final janglari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MDH o‘yinlarida bokschi qizlarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritdi