Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Messi va Ronaldudan qaysi biri kuchliroqligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Krishtianu bilan do‘stligingizni chetga surgan holda ayting-chi, kim kuchliroq — u yoki Messi?
- Krishtianu yaxshiroq, menimcha. Messi ham juda yaxshi o‘ynaydi, u tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Ular o‘yin bo‘yicha teng, ishtiyoq borasida Krishtianu kuchliroq.
- Krishtianu yoki Ronaldo ("So‘yloq")?
- Bolaligim – bu "So‘yloq". Keling, ikkalasini ham tanlaylik. Butun umrim davomida uning o‘yinlarini kuzatganman. U uzoq vaqt cho‘qqida bo‘lmadi, ko‘p jarohat olardi. 1996 yildan 2005 yilgacha o‘ynagan. 8-9 yil hammasi yaxshi edi. Krishtianu esa 17 yildan beri yuqori notada. U 2004 yilda Yevro finalida ishtirok etdi, hozir esa 2021 yil, u hali ham gol urmoqda.
Futbolda bunaqa hodisa bo‘lmagan. Messi 2006 yilda boshlagan va 2009 yilda birinchi Chempionlar Ligasini yutgan. Menimcha, Messi 12 yil cho‘qqida edi, Krishtianu esa 17 yildan buyon. Shaxsiy fikrimcha, Krishtianu undan kuchliroq. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi