
Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan MDH o‘yinlarida boks musobaqlari o‘z yakuniga yetdi. O‘g‘il bollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medalni -48 kg vaznli Javohir Qo‘ysinov, -50 kgda Sayat Ilyasov, -54 kg vazn toifasida Farrux To‘laganov hamda - 63 kgda Bunyodjon Amirov delegatsiyamizga taqdim etgan bo‘lsa,
-46 kgda Ilhomjon Ergashev, -57 kg vaznda Qahramonjon Fozilov, -80 kgda Ravshanjon Soliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
- 60 kgda Umidillo Abdurasulov hamda -66 kgdagi vakilimiz Shahbozbek Jafarov bronza medaliga ega chiqdi.
Ma’lumki, qizlarimiz 3 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edilar. Shu tariqa terma jamoamiz jami, 7 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan musobaqani yakunladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Terma JamoasiMDH O‘yinlariBoks MusobaqalariOltin MedalKumush MedalBronza Medal O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar