“Lokomotiv” klubining portugaliyalik bosh murabbiyi Mikael Sekeyra va uning ish uslubi to‘g‘risida barchamizda ozmi-ko‘pmi tasavvur paydo bo‘ldi. U o‘z jamoasida yangi o‘yin uslubini quryapti. Ko‘pchilikda “Lokomotiv”ning o‘yini yaxshi taassurot qoldiryapti. Sports.uz muxbiri portugaliyalik mutaxassis bilan qator mavzularda suhbatlashdi.
- O‘zbekistonda o‘zingiz uchun nimanidir kashf qildingizmi?
- Ha, albatta. Mening yurtim – Portugaliyada O‘zbekiston haqida ko‘pchilik hech nima bilmasdi. Lekin men bu yerga kelganimdan so‘ng, yurtingizning birinchi navbatda tezlik bilan rivojlanish madaniyati, tarixiy obidalari va o‘ziga xos mo‘’jizalarini ko‘rar ekanman, bu juda katta narsa. Bu yerning musiqalari va tarixiy obidalari dunyoga tanilib boryapti. Mustaqillikdan keyin O‘zbekiston yaxshi rivojlanib boryapti. Ko‘pchilikka maslahat beraman, ishonch bilan: bu shunday mamlakatki, odamlarining dunyoqarashlari o‘zgacha, bu yerga kelganlar uchun yoqimli esdaliklar bo‘ladi. Shuning uchun hammaga O‘zbekistonga kelishni maslahat beraman. Yana nima deyishim mumkin? Bu yerdagi insonlar, mamlakat ajoyib. Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Bu yerda kelajakda yanada o‘sish uchun katta imkoniyatlar bor. O‘zbek odamlarning husni va ko‘rinishi ham o‘ziga yarasha joziba beradi. Muhit fantastika. Mana shunday muhitga tushganimdan xursandman.
- “Lokomotiv”ning o‘yinida sizning imzoingiz ko‘rinib turibdi. Lekin hali chempionlikka biroz erta ko‘rinyapti. Jamoani qancha muddatda chempionlikka yetaklay olasiz?
- Har bir murabbiyni o‘yin bo‘yicha ideyasi bo‘ladi. Shuni o‘yinchilarga yetkazib berishni bilish juda muhim. Buning tayyorgarligi va uslubga moslashishga vaqt kerak. Eng kerakligi shuki, maydonga tushadigan futbolchilar murabbiyga nisbatan ishonch hosil qilish kerak. Mana shu ishonchga ega bo‘lgan jamoa har doim natija ko‘rsatish ishtiyoqida bo‘ladi. “Lokomotiv”da ham o‘yinchilar shu narsani vaqt o‘tgan sari tushunib yetishdi. Endi ko‘tarilishga erishishyapti.
- Siz doim matbuot anjumanlarida futbolchilaringizni himoya qilasiz, yutqazgan paytlarda ham qo‘llab-quvvatlaysiz. Ayting-chi, jamoangizda tartib-intizomni buzgan o‘yinchilar ham bo‘ldimi va ularni qanday jazoladingiz?
- Har doim men o‘z guruhimda birga ishlaydiganlarni himoya qilib kelaman. Ularni hech qachon tashlab qo‘ymayman. Menga lider sifatida mas’uliyat berilgan bo‘lsa, doim qo‘l ostimdagilarni himoya qilib, ular bilan oldinga intilishga harakat qilaman. Hamma vaqt birga ishlayotganlarni rostgo‘y bo‘lishga chaqiraman, maydonda ham, hayotda ham.
- Oilangiz haqida ham gapirsangiz. Sizdan tashqari futbol bilan shug‘ullanadiganlar ham bormi?
- Mening oilam hech qachon futboldan o‘zini olib qochmagan. Meni 7 yoshimda futbolga berishgan va shundan beri ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelyapman va mana murabbiylikkacha yetib keldim. Bu butun umrim futbol bilan o‘tayotganini anglatadi.
- Agar “Lokomotiv” Portugaliya chempionatida qatnashsa autsayder bo‘lib qolmaydimi?
- Portugaliyada taktik o‘yinlar juda o‘zgarib ketgan. “Lokomotiv”ga shu narsani olib keldim. Jamoaga taktik futbolni o‘rgatyapman. Shu sababli chempionatga va o‘yinchilarga yangicha taktik uslub qo‘l keladi va bu ularning ko‘tarilishiga yordam beradi.
- Eng yaqin do‘stingiz kim?
- Bu yerda do‘stim bor. “Lokomotiv”dagi barcha insonlar bilan yaxshi munosabatdaman. Hammani yaxshi ko‘raman. Bu yerga kelishimga sababchi bo‘lgan Dani Chabrera degan do‘stim bor. U bilan Saudiya Arabistonida ham birga ishlaganman.
- Toshkentda siz boradigan eng sevimli joy?
- Ko‘p joylarga borishni unchalik yoqtirmayman. Bu yerda o‘zim yashaydigan uyim bor. Asosan ishim bilan bandman. Har kuni har bir mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘raman. Qaysi usulda va qanday pozitsiya bo‘yicha o‘ynashni o‘ylab chiqaman. Uyda shu narsa ustida bosh qotiraman. Kun sayin o‘yinimizni yaxshilash, jamoamizni ko‘tarilishi va futbolchilarga yordam berish bo‘yicha o‘ylayman.
- O‘zbek tilida qaysi so‘zlarni o‘rgandingiz? Futbolchilarga o‘zingiz istagan barcha gaplarni tarjimon yetkaza olayotganiga ishonchingiz komilmi?
- Ayrim so‘zlarni o‘rganishga harakat qildim. Lekin oson bo‘lmadi. Shu bois o‘zimga sifatli tarjimon qidirishga harakat qildim va yaxshi hamki topdim. Tarjimonim orqali o‘yinchilarga motivatsiya beryapman. U har bir so‘zimni yigitlarga to‘la-to‘kis yetkazib beryapti. Menda mana shunday tarjimon borligidan o‘zimni xotirjam his qilaman.
- Odatda o‘yindan bir kun oldingi vaqtni qanday o‘tkazasiz? Masalan, ko‘pchilikni qandaydir odatlari bo‘ladi?
- Har doim oldindan tayyorgarlik ko‘rib yuraman, juda chuqur tayyorlanaman. Yig‘ilish o‘tkazganimda bir haftalik ish rejamizni aytaman. O‘yinga hamma vaqt tayyor turishimiz lozim. Shu narsa ustida o‘ylayman va rejalar tuzib chiqaman.
- Klub bilan tuzgan shartnomangiz 2022 yil oxirigacha. Ammo eshitishimcha, bu yilgi natijalarga qarab jamoadagi taqdiringiz aniq bo‘lar ekan, shu rostmi?
- O‘yinimizni yanada kuchaytirishga va yil oxirigacha yuqori pog‘onalarda bo‘lishga astoydil harakat qilyapmiz. Oxirgi uchrashuvlarda o‘yinchilarim o‘zlarini yaxshi ko‘rsatyapti. O‘yinimiz ochilib, o‘sish uchun katta imkoniyat borligi sababli ham bu mavsumni yuqori o‘rinlarda tugata olamiz. Bu jamoada menda hamma narsa bor. Ixtiyorimda mana shunday katta jamoa borligidan xursandman. O‘ylaymanki, o‘zini ko‘rsata oladigan xarakter va kuch-qudratga egalar. Bu borada imkoniyat bo‘ladi. Klubdagi hamma o‘zidagi borini “Lokomotiv”ga beradi.
- O‘zbekistonda siz uchun eng kuchli murabbiy kim?
- Bu chempionatda ishtirok etishning o‘zi bo‘lmaydi. Superliga og‘ir chempionat. Chunki shunday klublar borki, ular ancha yillardan beri bitta murabbiy bilan ishlashadi. Lekin o‘ylaganlarimni amalga tatbiq etib, qisqa muddatlarda natijalarga erishish oson emas.
- Suhbat uchun rahmat.
- Sizga ham katta rahmat, shunchalik e’tibor qaratganingiz uchun. Omad tilab qolaman.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”