
Rossiyaning Qozon shahrida bir necha kuni davom etgan MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur ilk bora tashkil qilingan musobaqada sportchilarimiz munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi jami 91 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Ya’ni, 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza medaliga ega chiqib, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, 9 mamlakat ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston 106 ta medalga ega chiqqan Qozog‘istonni (18 ta oltin) medallar sifatida bo‘yicha (23 ta oltin) ortda qoldirdi. Birinchi o‘rin kutilganidek Rossiyaniki bo‘ldi (215 ta medal — 114 oltin, 42 kumush, 59 bronza).

MDH O'yinlariO‘zbekiston DelegatsiyasiQozon ShahriSportchilar IshtirokiMedal SonlariUmumjamoa Hisobi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar