
Krishtianu Ronaldu "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda debyut qildi. "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Nyukasl" bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi birinchi o‘yinning o‘zidayoq dubl qayd etdi.
"Mening "Old Trafford"ga qaytganim, bu stadion nega "Orzular teatri" deb nom olganiga misol. Old Trafford - sehrli joy. Bu yerda sen nima haqida o‘ylasang shunga yetishishing mumkin.
Jamoadoshlarim va ajoyib muxlislar qo‘llab-quvvatlovi bilan biz oldinga o‘zimizga ishonch ila intilamiz.
MYUga qaytganim va APLda yana o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman. Ammo, eng birinchi navbatda jamoaga yordam berishdan baxtliman!", - deb yozadi futbolchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar