
A Seriyaning 3-turida Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma” o‘z maydonida “Sassuolo”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Rimliklarning g‘alaba goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Bu uchrashuv Joze Mourino uchun bosh murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi. Bellashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis shogirdlariga yolg‘on gapirganini tan oldi.
- Men yolg‘on gapirdim. Bir necha kundan beri futbolchilarga faoliyatimdagi 1000-o‘yin men uchun ahamiyatsiz ekanini ta’kidlab keldim. Men yutqazib qo‘yishdan qo‘rqdim. Baxtimga biz g‘alaba qozondik. Men yosh boladay yugurdim, o‘zimni 58 yosh emas, 12 yashar bolakayday tutdim, - dedi Joze Mourino.
Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Roma” UYEFA Konferensiyalar kubogi va A Seriyada jami beshta uchrashuv o‘tkazib, barchasida zafar quchdi. Ushbu o‘yinlarda Eldor Shomurodov bitta gol urib, ikki marta assistni amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar