Joze Mourino “Roma”da katta islohotlarni boshlab yuborgan. U jamoani Yevropa chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan qudratli jamoaga aylantirish ustida ish olib bormoqda. Hozircha klub rahbariyati portugaliyalik murabbiyga to‘liq ishonch bildirib, uning istaklarini so‘zsiz bajarmoqda.
Yozda Mourino talabiga ko‘ra, yarim himoyadan boshqa barcha pozitsiyalar to‘liq yangilandi. Joze tanlagan tezkor hujumchilar – Temmi Abraxam va Eldor Shomurodov, ishonchli darvozabon Ruy Patrisio, chap qanotga Matias Vina, markazga Rojer Ibanes va o‘ng tomonga Brayan Reynolds olib kelindi.
Bu o‘zgarishlar UYEFA Konferensiyalar ligasi va A Seriyaning dastlabki turlarida o‘z samarasini berdi va rimliklar ketma-ket beshta rasmiy uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilishni uddaladi.
Yangilanishlarga qaramay, Mourinoning o‘zi hali jamoa yuqori marralar, xususan, skudettoni qo‘lga kiritish uchun kurashishga qodir emas, deb hisoblamoqda. Uning aytishicha, jamoaning hozirgi qudrati “Yuventus”, “Inter”, “Atalanta”, “Napoli” bilan tengma-teng raqobatlashish imkonini bermaydi. Ana shu maqsadga erishish uchun “Roma” grand klublar da’vogarlik qilayotgani futbolchilarni ham olib kelishni rejalashtirmoqda.
Yozgi transferlar vaqtida “Roma” bosh murabbiyga kerak bo‘lgan ikki futbolchini olishga ulgurmadi. Rimliklar “Barselona” himoyachisi Klemang Langle va Myonxengladbaxning “Borussiya”sida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Denis Zakariyaga xaridor bo‘lgandi. Bu iste’dodli ijrochilarni “ko‘hna qit’a”ning bir qator klublari ham o‘z safida ko‘rmoqchi.
Rim klubi mutasaddilari Langle va Zakariya transferi ustida ish olib borayotgan bir paytda Mourino yana bir yangi futbolchini taklif qilish kerakligini ta’kidlamoqda. Portugaliyalik mutaxassis futbol asoslarini “Roma”da o‘rgangan Janluka Skamakkani ortga qaytarishni istayapti.
O‘zbekistonlik futbol muxlislariga ma’lumki, jismonan baquvvat hujumchilar sirasiga kiradigan Skamakka o‘tgan mavsumni “Jenoa”da o‘tkazdi va asosiy tarkibga kirishda Eldor Shomurodovning asosiy raqobatchisi edi. Genuya klubi murabbiylari ayrim uchrashuvlarda Shomurodov va Skamakka tandemini maydonga tushirdi. Har holda bu o‘z samarasini berganini bilamiz. Har ikki hujumchi mavsumni sakkiztadan gol bilan yakunladi.
Janluka Skamakka Italiya yoshlar terma jamoasida yetakchilik qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda. Roberto Manchini yosh futbolchini milliy terma jamoaga ham jalb eta boshladi.
Mourino uni “Real”dan ijaraga olingan Borxa Mayoral o‘rniga olib kelmoqchi. Mayoral ichki raqobatda Abraxam va Shomurodovga yutqazyapti. Qolaversa, mavsum oxirida ispaniyalik hujumchining ijara muddati yakunlanadi.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham “Qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi zaxirada qolayotganidan xavotirlanib, uni Rimdan ketishga chorlamoqda.
Skamakka yosh bo‘lishiga qaramay, Niderlandiyaning PSV, “Zvolle”, Italiyaning “Kremoneze”, “Askoli”, “Jenoa” kabi jamoalarida o‘ynab, katta tajriba to‘pladi va ayni paytda “Sassuolo” sharafini himoya qilmoqda.
Joze Mourino A Seriyaning uchinchi turida Skamakkaning harakatlarini bevosita kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh murabbiy sifatida 1000-uchrashuvini o‘tgazgan portugaliyalik mutaxassisga shogirdlari 2:1 hisobidagi g‘alabani tortiq qildi. Hal qiluvchi golga Eldor Shomurodov hammuallif bo‘ldi. Janluka Skamakka ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, oxirgi daqiqalargacha faol o‘ynadi.
Agar Joze Mourinoning rejasi amalga oshsa, kelasi mavsumda “Roma” hujum uchligi jismonan baquvvat futbolchilar – Temmi Abraham, Eldor Shomurodov va Janluka Skamakkadan tarkib topadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi