
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Konferensiyalar ligasi guruh bahslari oldidan maqsadini aniq aytdi.
- Men ilgari hozir mavjud bo‘lmagan Yevrokubokni yutganman. Bu 1997 yilda bo‘lgan va o‘shanda “Barselona” bilan Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan edik. Hozir men Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqishni istayman. Maqsadimiz faqat shu sovrin emas. Biz o‘zimiz ishtirok etayotgan uchta turnir – milliy chempionat, Italiya kubogi va Konferensiyalar ligasida zafar quchishni rejalashtirganmiz.
Albatta, A Seriya eng ustuvor musobaqa. Lekin men jamoa mentalitetini to‘g‘ri shakllantirmoqchiman. Bizga har bir bo‘lajak bahs muhim, - dedi Joze Mourino.
“Roma” UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvini 16 sentabr kuni o‘z maydonida Bolgariyaning SSKA klubiga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar