Moldovaning “Sherif” jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmoqda.
Jasur Yaxshiboyevni o‘z safiga qo‘shib olgan tiraspolliklar turnirning birinchi uchrashuvida Donetskning “Shaxtyor” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ancha shov-shuv ko‘tardi. Moldovaliklar uchun tarixiy ahamiyat kasb etgan uchrashuvda legionerimiz ham faol o‘yin ko‘rsatdi.
“Sherif” birinchi turdagi g‘alabasi uchun UYEFAdan 2,8 million yevro miqdorida mablag‘ oladi. Meta-ratings.com.ua saytining ma’lum qilishicha, bu summaning bir millioni futbolchilar va murabbiylar shtabi vakillari o‘rtasida taqsimlab beriladi. Qolgan qismi esa, klub budjetiga topshiriladi.
“D” guruhida peshqadamlikni qo‘lga olgan “Sherif” ikkinchi tur uchrashuvini Madridda “Real”ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv 28 sentabrga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi