20:46 / 17.09.2021
4 978

Yaxshiboyev Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun qancha mukofot puli oladi?

Yaxshiboyev Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun qancha mukofot puli oladi?
Moldovaning “Sherif” jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmoqda.

Jasur Yaxshiboyevni o‘z safiga qo‘shib olgan tiraspolliklar turnirning birinchi uchrashuvida Donetskning “Shaxtyor” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ancha shov-shuv ko‘tardi. Moldovaliklar uchun tarixiy ahamiyat kasb etgan uchrashuvda legionerimiz ham faol o‘yin ko‘rsatdi.

“Sherif” birinchi turdagi g‘alabasi uchun UYEFAdan 2,8 million yevro miqdorida mablag‘ oladi. Meta-ratings.com.ua saytining ma’lum qilishicha, bu summaning bir millioni futbolchilar va murabbiylar shtabi vakillari o‘rtasida taqsimlab beriladi. Qolgan qismi esa, klub budjetiga topshiriladi.

“D” guruhida peshqadamlikni qo‘lga olgan “Sherif” ikkinchi tur uchrashuvini Madridda “Real”ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv 28 sentabrga belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyev Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun qancha mukofot puli oladi?