Jahon kubogida kikboksingchilarimiz oltin medallarni taxlab tashlashyapti

Jahon kubogida kikboksingchilarimiz oltin medallarni taxlab tashlashyapti
O‘zbekiston kikboksingchilari jahon kubogida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan Budapesht shahrida tashkil etilgan 26-Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.

Kikboksingchilarimiz bugun 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi:
1. Samandar Rustamqulov (Navoiy viloyati) 48 kg vazn toifdasida;
2. Normuhammad Rahmonberdiyev (Namangan viloyati) 60 kg vazn toifasida;
3. Nazarbek Mahmudov (Navoiy viloyati) 51 kg vazn toifasida;
4. Saidmurod Hasanov (Andijon viloyati) 63 kg vazn toifasida.

Terma jamoamizga beshinchi oltinni musobaqada 91 kg vazn toifdasida qatnashayotgan Husan Baratov (Toshkent shahri vakili) keltirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar