“Roma” A Seriyaning to‘rtinchi tur uchrashuvida “Verona”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- “Verona”ning yaxshi sifatlari ko‘pligini va ularga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lishini bilardim. Bosh murabbiy almashgani odatda psixologik reaksiya keltirib chiqaradi va bu holat o‘yin davomida ko‘rindi. Yangi bosh murabbiy qo‘llayotgan uslub avvalgi murabbiy Ivan Yurich o‘tgan yili “Verona”da qo‘llagan usulga o‘xshashi bois futbolchilar unga tez moslashdi.
Biz ham yaxshi natijaga intildik. Individual kurashlarda ko‘p yutqazdik, deya olmayman. Menga o‘yinda nimalar bo‘lganini tushunib yetish uchun videotasvirlarni ko‘rib, tahlil qilishimga bir necha soat kerak bo‘ladi.
Biz vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olmadik. Nikolo Dzanolo ortga qaytib, himoyaga yordam berishi kerak edi. Futbolchilar to‘pni oldinga tepib yuborish holatlari ham ko‘p bo‘ldi.
“Verona”ning birinchi golidan keyin ular to‘xtamasligi aniq edi va ochiq o‘yin birinchi planga chiqdi. Bu bizga syurpriz bo‘lgani yo‘q. Biz murakkab vaziyatlardan chiqishni o‘rganishimiz kerak, chunki har doim ham vaziyatni nazorat qila olmayapmiz, - dedi Joze Mourino. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”