12:07 / 20.09.2021
1 803

Masharipov jamoasida murabbiy iste’foga chiqarildi

Masharipov jamoasida murabbiy iste’foga chiqarildi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi braziliyalik murabbiy Manu Menezni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

So‘nggi turlardagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng riyodliklar rahbariyati shu qarorga kelgan. Menez jamoaga joriy yilning aprel oyida tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" Saudiya chempionatida 5-turdan keyin 6 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Oxirgi turda klub "Al-Ittihod"ga yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu jamoa safida legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov jamoasida murabbiy iste’foga chiqarildi