
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi braziliyalik murabbiy Manu Menezni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
So‘nggi turlardagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng riyodliklar rahbariyati shu qarorga kelgan. Menez jamoaga joriy yilning aprel oyida tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" Saudiya chempionatida 5-turdan keyin 6 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Oxirgi turda klub "Al-Ittihod"ga yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu jamoa safida legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar