«Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Velosport turlarini 2021–2022 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
2022/2023-o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:
- Turizm va sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati;
- qo‘shimcha 25 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar;
- Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar.
Respublika velosport mahorat maktab-internati o‘quvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi.
Mazkur maktab-internatiga velosport turlari bo‘yicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023-o‘quv yilidan har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
2022/2023-o‘quv yilidan:
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farg‘ona filiallarida velosport turlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston velosport federatsiyasi huzurida O‘zbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, har yili 3 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uzunligi 15—20 kilometrdan kam bo‘lmagan velomarafonlar tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, 2022 yildan har yili velosportning shosse (Road) va tog‘ (MTB) turlari bo‘yicha Toshkent viloyatida Oqtosh—Chorvoq—Mountain, Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida Save-Aral ko‘p kunlik xalqaro velopoygalari o‘tkaziladi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?