Bugun YECHL 2-turi doirasida "Real" hamda "Sherif" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bahs oldidan madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Menda "A" va "B" jamoalari yo‘q, men har bir o‘yin uchun alohida futbolchi tanlayman. Bizning yarim himoyamizda Modrich, Kazemiro, Kroos, Valverde, Isko, Asensio va Kamavinga kabi futbolchilar borligi ajoyib. Ularning barchasi mavsum davomida bizga foyda keltiradi. Men ilgari bunday kuchli yarim himoyachilar bilan kamdan-kam ishlaganman.
Biz Chempionlar Ligasini yutishimiz kerak. Bu turnirdagi barcha uchrashuvlarga maxsus tayyorgarlik zarur. "Sherif" yaxshi o‘ynamoqda. Ular guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak, chunki biz tezkor hujum uyushtiruvchi raqibga duch kelmoqdamiz. Bizga uchta ochko kerak va biz diqqatimizni to‘liq jamlashimiz lozim", - dedi Anchelotti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi