“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida “Real” ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi.
- Biz shunday uchrashuvlarda o‘ynash imkoniga ega bo‘lganimizdan baxtiyorman. Hissiyotlarimizning chegarasi yo‘q. Barcha yigitlarga bugungi qahramonliklari uchun rahmat aytaman. Bugungi uchrashuvda himoyalanishimizga to‘g‘ri kelishini bilardik. Buni uddaladik va qarshi hujumchilardan unumli foydalandik. Men jamoa va shogirdlarim bilan faxranaman.
To‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz va shunday davom etamiz. Pley-offga chiqish haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Hali bunga yarasha hech narsa qilmadik. Biz qadamba qadam oldinga intilyapmiz. Oldinda yana to‘rtta muhim uchrashuv bor. Hal qiluvchi uchrashuvlar boshlansin, o‘shanda keyin bosqich haqida gaplashamiz, - dedi Yuriy Vernidub.
“D” guruhida “Shaxtyor” va “ “Real”ni mag‘lub etgan “Sherif” birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Tiraspolliklar 19 oktabrga belgilangan uchinchi turda Milanda “Inter” mehmoni bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi