“Sherif”ga yutqazgan Anchelotti xavotirga tushib qoldi!

“Sherif”ga yutqazgan Anchelotti xavotirga tushib qoldi!
Real” bosh murabbiyi Karlo AnchelottiSantyago Bernabeu” arenasida “Sherif”ga boy berilgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu bahs biz uchun achchiq dars bo‘ldi. Mag‘lubiyatga loyiq emasdik, deb o‘ylayman.Omadimiz kelmadi, deyishim mumkin. Mayda-chuyda detallar tufayli yutqazdik. Raqibning qarshi hujumlari va qanotdan oshirilgan to‘plari bizga qimmatga tushdi.

Biz darvoza tomon juda ko‘p zarba yo‘lladik, lekin har doim ham omad sen tomonda bo‘lavermaydi. Raqib uchun hammasi ideal ko‘rinish oldi, bizda esa buning aksi bo‘ldi. O‘yinni nazorat qilib borgandik. Uch ochko yo‘qotganimiz – xavotir qo‘ng‘irog‘i. Guruhdagi vaziyat aniq emas. Keyingi uchrashuvda yutmasak bo‘lmaydi
, - dedi Karlo Anchelotti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar