
O‘zbekiston jamoasi Ispaniyaning Barselona shahrida ot sporti bo‘yicha o‘tadigan millatlar kubogi finaliga yo‘llanma oldi.
Longines FEI Jumping musobaqasining final bosqichi 1 oktabr kuni boshlanadi. O‘zbekiston nomidan quyidagi sportchilar ishtirok etadi:
1. Bahromjon Gaziyev - Metts v.G.;
2. Umid Komilov - Avelino de Kresta;
3. Bekzod Qurbonov - Kamiro D;
4. A’zam Tolibboyev - Klass de Katoki.
Musobaqada qatnashuvchi boshqa davlatlar: Belgiya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, AQSH.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar