00:25 / 01.10.2021
2 239

"Roma" Ukrainada "Zarya" ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi

"Roma" Ukrainada "Zarya" ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi
Yevropa Konferensiyalar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Zarya" - "Roma" uchrashuvida mehmonlar yirik hisobda zafar quchdi, 3:0.

Ilk gol Stefan El-Shaaraviga tegishli bo‘lsa, keyinchalik Kris Smolling hamda Temmi Abraxam o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan Shomurodov 62-daqiqada zaxiraga olindi.

Shunday qilib, "bo‘rilar" ochkolari sonini 6 taga yetkazib olgan holda, peshqadamlikni saqlab qoldi. Ukrainaliklar so‘nggi pog‘onani band etgan.

"Zarya" (Ukraina) – "Roma" (Italiya) 0:3
Gollar
: 0:1 – 7 El-Shaaravi, 0:2 – 66 Smolling, 0:3 – 68 Abraxam.
Zarya – Matsapura, Favorov (Snurnitsin, 90), Imerekov, Svek, Xomchenovskiy, Kochergin, Buletsa (Zaxedi, 69), Nazarina, Gromov (Ovusu-Frimpong, 90), Kabayev (Lunev, 83), Sayyadmanesh (Kristian, 69).
Roma – Ruy Patrisiu, Rojer, Smolling, Kumbula, Kalafori, Kristante, Pellegrini (Vilyar, 77), Darbo (Diavara, 70), El-Shaaravi (Mayoral, 78), Shomurodov (Abraxam, 62), Karles Peres (Dzanolo, 62).

Ogohlantirishlar: Kumbula (81), Ruy Patrisiu (83).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" Ukrainada "Zarya" ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi