
“Metallurg” – “Lokomotiv” o‘rtasidagi o‘yinda mehmonlar irodali g‘alabaga erishdi. 1:0 hisobida ortda qolayotgan temiryo‘lchilar maydonda bir futbolchi kam bo‘lib qolgan holda oxirigacha kurashib ikkita gol urishning uddasidan chiqdi.
Shu tariqa, “Loko” safarda o‘ta qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra bahs haqida gapirdi.
- “Lokomotiv”dan ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bir soat davomida 10 kishi bo‘lib o‘ynadik. Ammo bu uchrashuv davomida sezilmadi. Pressingda o‘ynashga harakat qildik. Hujumda 10 kishi bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak, himoyada ham shunday bo‘lishga harakat qildik. Futbolchilarimdan irodali o‘yin bo‘ldi.
Umuman olganda, bosimga boy, yaxshi o‘yin kuzatildi. “Metallurg” tarkibida ham yaxshi futbolchilar ko‘p.
Azizning golida butun jamoa chiroyli o‘ynadi. Biz juda xursandmiz. “Lokomotiv” muxlislari, xodimlari, barcha ushbu g‘alabadan xursand bo‘ldi. Adolatli g‘alabaga erishdik. Ushbu o‘yin orqali biz nafaqat uch ochko oldik, balki kelajakka katta ishonch bilan qaray boshlayapmiz, - dedi Sekeyra. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar