
Qirg‘izistonlik hakam Nurdin Bukuyev futzal bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionati finalining bosh hakami etib tayinlandi.
Ertaga, 3 oktabr kuni Litvada futzal bo‘yicha JCH finali bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsida Argentina va Portugaliya terma jamoalari uchrashadi.
Nurdin Bukuyevga finalda misrlik Hasan Muhammad va Yangi Zelandiyalik Kristofer Sinkler yordam beradi.
Bu yilgi jahon chempionati qirg‘izistonlik hakam faoliyatidagi to‘rtinchi mundialdir. Va bu futzal bo‘yicha barcha hakamlar uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Hech kim jahon chempionatlarida Nurdin kabi ko‘p hakamlik qilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar