Joze Mourino qo‘l ostida “Roma” hujumkor jamoaga aylandi. Portugaliyalik mutaxassis mavsum oldidan shogirdlari hujumkor futbol ko‘rsatishini aytgan edi va u o‘z so‘zining ustidan chiqmoqda.
Statistika mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, A Seriyaning 7-turidan so‘ng, “Roma” raqib darvozasi tomonga eng ko‘p zarba bergan jamoa bo‘lib turibdi. Rimliklar yettita uchrashuv davomida 116 ta zarba bergan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli” hisobida 116, uchinchi o‘rinda qayd etilgan Milan klublari – “Inter” va “Milan”da bir xil – 103 tadan zarba bor.
Shu bilan birga Mourinoni xavotirga solayotgan yana bir jihat bor. “Roma” futbolchilari 116 ta zarbadan faqatgina 33,6 foizini darvozaga aniq yo‘llay olgan. Bu juda past ko‘rsatkich. Hatto V Seriyada ham jamoalarning aniq zarbalari 36,76 foizni tashkil qiladi.
Demak, portugaliyalik mutaxassis shogirdlariga ko‘p zarba berishdan tashqari, nishonni aniq olishni ham o‘rgatishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi